
















Krossoverlar va SUV
Chevrolet Tahoe High Country
- Dvigatel
- 6.2 L
- Quvvat
- 420 ot kuchi
- Uzatmalar qutisi
- 10-AT
Narxi
1 464 500 000 so'm
Komplektatsiyalar va narxlar
TAHOE HIGH COUNTRY
1 464 500 000 so'm
Tavsif
To‘liq hajmli yo‘ltanlamas, hayratlanarli kuchning mujassamlashuvi
Yangi Chevrolet Tahoe - afsonaviy to‘liq o‘lchamli yo‘ltanlamas bo‘lib, faqat sizning ixtiyoringizda bo‘lgan ajoyib kuchning timsoli hisoblanadi. Uning dizayni qat’iy, yorqin va ifodali kuzov chiziqlari bilan ko‘zni qamashtiradi. 420 ot kuchiga ega 6,2 litrli V8 dvigateli, 10 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi va moslashuvchan pnevmatik osma bilan jihozlangan bo‘lib, avtomobil har qanday yo‘lda tengsiz erkinlik hissini, mukammal ravon harakatni va ajoyib boshqaruvchanlikni ta’minlaydi.
Eksteryer
Ishonchli ko‘rinish. Yangi Chevrolet Tahoe’ni bir qarashda kuchini sezish mumkin. Dadil dizayn, aniq proporsiyalar va kengaytirilgan g‘ildirak bazasi – bularning barchasi uning kuchini va har qanday sinovlarga tayyorligini ta’kidlaydi.
Yangilangan eksteryer
Yangilangan radiator panjarasi uning ishonchli va qat’iyatli uslubining yorqin elementidir. Yangi Chevrolet Tahoe o‘zining butun ko‘rinishi bilan yo‘lda o‘z ustunligini namoyon etishga tayyor.
Avtomobil jihozlarining boricha ergonomik paneli modelni idrok etishni yaxshilaydi va havodor tuyg'uga hissa qo'shadi, tekstura naqshlari esa chuqurlik qo'shadi.
Interyer
Bu yangilangan, sokin va nafis salon, hatto voqealar qoq markazida bo‘lsangiz ham, barcha ishlardan chalg‘ishingizga yordam beradi. Yuklarni saqlash va tashish uchun ko‘plab yechimlar o‘ylangan. Yangi Tahoe uch qatorli yo‘ltanlamas bo‘lib, unda har qanday safarlar uchun yetarlicha joy mavjud.
Yangilangan interyer
High Country modeli birinchi va ikkinchi qatordagi perforatsiyalangan charmdan ishlangan o‘rindiqlar o‘ziga xos chok va logotip, shuningdek, yuqori sifatli bezatilgan yuqori sifatli yog‘och dekor bilan ajralib turadi.
Yangi Tahoe o‘z sinfidagi eng yaxshi 17,7 dyuymli markaziy sensorli displey bilan jihozlangan bo‘lib, bu barcha ma’lumotlarni haydovchi qo‘l ostida saqlaydi. Shuningdek, u Google, Apple CarPlay va Android Auto kabi standart o‘rnatilgan funksiyalarga ega.
Xususiyatlar
Xavfsizlik (23)
| 7 ta xavfsizlik yostiqchalari | |
|---|---|
| Faralar egilish burchagini avtomatik moslashtirish | |
| Yomg'ir sensori | |
| Yorug'lik sensori | |
| Masofadan boshqariladigan markaziy qulflash tizimi | |
| Dvigatelni pastdan himoya qilish | |
| 360° da atrofni ko'rsatuvchi kamera | |
| Ko'r nuqta monitoringi | |
| Old va orqa to'xtash sensorlari | |
| Signalizatsiya | |
| Avtomatik tormoz tizimi | |
| Elektron barqarorlik tizimi (ESС) | |
| Shinalardagi bosimni monitoring qilish tizimi | |
| Piyodalarni aniqlash tizimi | |
| Tepalikka chiqishga yordam berish tizimi | |
| Old tomondan to'qnashuv haqida ogohlantirish tizimi | |
| Avtoturargohdan chiqishda orqa tarafga harakatlanish yordamchisi | |
| Havfdan ogohlantiruvchi tebranishli haydovchi o'rindig'i | |
| Harakat yo'nalishini saqlash | |
| Markaziy qulf | |
| ABS - bloklanishga qarshi tormoz tizimi | |
| EBD - tormoz kuchini taqsimlash tizimi | |
| Sirpanishni oldini olish tizimi |
Qulaylik (23)
| Moslashuvchan kruiz nazorati | |
|---|---|
| Salonga kalitsiz kirish | |
| Dvigatelni kalitsiz ishga tushirish | |
| Simsiz quvvatlagich | |
| Old o'rindiq ventilyatsiyasi | |
| Orqa qo'l osti suyanchig'i | |
| Interyerning charm qismi | |
| 7 o'rinli konfiguratsiya (ikkinchi qator — "kapitan" o'rindiqlar) | |
| Haydovchi o'rindig'i va noynasi uchun sozlamalar xotirasi | |
| Panoramali lyuk | |
| Orqani ko'rish ko'zgusiga orqa videosini uzatish | |
| Perforatsiyalangan charm o'rindiqlar | |
| Isitiladigan rul | |
| 220 V rozetka | |
| Uch zonali harorat nazorati | |
| Old markaziy qo'l osti suyanchig'i | |
| Elektron oynalar (pastga/tepaga) | |
| Elektromexanik to'xtash tormozi | |
| Rulni teleskopik va balandligini elektron sozlash | |
| O'rindiqlarning uchinchi qatorini elektron yig'ish | |
| Old o'rindiqlarni bel tayanchini 4 yo'nalishda elektron sozlash | |
| 8 yo'nalishda elektr sozlanishli haydovchi o'rindig'i | |
| 8 yo'nalishda elektr sozlagichli old yo'lovchi o'rindig'i |
Multimedia (10)
| Premium ovoz tizimi (BOSE) | |
|---|---|
| Shovqinni kamaytirish faol tizimi | |
| Dinamiklar 10 dona | |
| Rangli Head Up proeksiya displeyi | |
| Ikki ekranli orqa yo'lovchilar uchun ko'ngilochar tizim 12,6 dyuym | |
| Rul audio boshqaruvlari | |
| Rangli audio tizim ekrani 17,7 dyuym | |
| Qurilmalar paneli rangli ekrani 11 dyuym | |
| Apple Car Play/ Android Auto | |
| Bluetooth |
Eksteryer (10)
| Qizdirish funksiyasiga ega, elektr orqali yig'iladigan va burilish chiroqlari o'rnatilgan orqani ko'rish oynalari | |
|---|---|
| Kuchli yoritgichli faralarni intellektual boshqarish | |
| G'ildiraklar 24 | |
| Yig'iluvchi oyoq qo'ygichlar | |
| Reylinglar | |
| Kunduzgi LED chiroqlar | |
| Orqa LED chiroqlar | |
| LED faralar | |
| Qoraytirilgan orqa oynalar | |
| Yukxona eshigini elektron va intellektual ochish |
Funksionallik (2)
| Haydash rejimi tugmasi | |
|---|---|
| Stop/Start tizimi (o'chirish funksiyasi bilan) |
Ariza qoldirish
Formani to'ldiring — menejer siz bilan bog'lanadi.
Boshqa modellar
Krossoverlar va SUV
Chevrolet Tracker
Narxi
215 951 360 so'm
0% muddatli to'lov · boshlang'ich to'lov 50% dan

Krossoverlar va SUV
Chevrolet Captiva
Narxi
264 900 000 so'm
0% muddatli to'lov · boshlang'ich to'lov 50% dan

Krossoverlar va SUV
Chevrolet Equinox PHEV Activ
Narxi
463 500 000 so'm
